Isroil AQSHdan 10 mlrd dollar yordam so‘radi
Olam
−
17 Oktabr 2023 6313 1 daqiqa
Isroil AQSHdan 10 mlrd dollar miqdorida favqulodda harbiy yordam so‘radi. Bu haqda "The New York Times" nashri yozmoqda.
Gazetada yozilishicha, AQSH Kongressi hozirda Ukraina, Tayvan va AQSH-Meksika chegarasi uchun mablag‘larni o‘z ichiga olgan yordam paketini ishlab chiqmoqda.
Unga ko‘ra, AQSH Senati Isroil osmonini qo‘riqlab turgan “Temir gumbaz” havo mudofaasi tizimini raketalar bilan ta’minlashi, JDAM aviabombalarini yetkazib berishi va 155 mm o‘lchamdagi o‘q-dorilar bilan ta’minlashi muhokama qilingan.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Baydenning ertaga, 18 oktyabr kuni Isroilga borishi ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashganida Isroilga boshqa davlatlar yoki terrorchilar tomonidan hujum qilingan taqdirda, Qo‘shma Shtatlar mamlakatni himoya qilishini aytgan edi.
Live
Barchasi