Isroil–AQSH munosabatlari yomonlashishi mumkin  

Olam

image

Turkiyalik siyosiy tahlilchi, Anqara–Moskva tahliliy tarmog‘i yetakchi mutaxassisi Engin Ozerning fikricha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Eron atrofidagi vaziyat bo‘yicha olib borayotgan siyosati Isroil va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ekspertga ko‘ra, Netanyaxuning provokatsion va tajovuzkor strategiyasi Isroilning tashqi siyosiy manfaatlariga zid kelmoqda. So‘nggi voqealar fonida ayrim mintaqa davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish jarayonidan uzoqlasha boshlagan. Shu sababli “Avraam” kelishuvlari tashabbusi ham shubha ostida qolmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, AQSH Isroildan Eronning energetika sektoriga zarba bermaslikni so‘ragan. Tahlilchining aytishicha, Eronga qarshi operatsiya Fors ko‘rfazi mamlakatlarida kuchli norozilikka sabab bo‘lgan. Uning fikricha, Isroilning Eron va arab davlatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirish strategiyasi mintaqa xavfsizligiga tahdid solmoqda.

Shuningdek, ekspert Isroil rahbariyatining harakatlari AQSH ma’muriyati uchun ham murakkab vaziyat yaratganini ta’kidladi. Bu esa AQSH va Yevropa jamiyatlarida Isroilga nisbatan tanqidlarning kuchayishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Isroildan Eronning energetika, ayniqsa neft infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Anqara–Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing