Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Isroil AQSH qurollarini Ukrainaga yubordi

Olam

image

AQSH harbiylari Ukrainaga yetkazib berish uchun 90 ga yaqin raketaga qarshi snaryadlarni Isroildan olib, Polshaga topshirdi. Bu haqda “Axios” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu snaryadlar Ukrainaga berilishi kerak. “Axios” nashriga ko‘ra, bu Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan beri Isroildan Ukrainaga yetkazib berilgan eng yirik qurol sanaladi.

“Bu hafta AQSH armiyasi Isroilda saqlanayotgan 90 ga yaqin Patriot tizimlarini Polshaga yetkazdi, keyin ularni Ukrainaga topshirish rejalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

“Axios”ga ko‘ra, 2024 yil aprel oyida Isroil Patriot havo mudofaa tizimini xizmatdan olib tashlagan. Mamlakat boshqa kuch tizimlariga o‘tgan va Patriot batareyalarining ko‘p qismi omborda saqlangan yoki mashg‘ulotlar uchun ishlatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Kiyev avvaliga qurollarni texnik xizmat ko‘rsatish uchun AQSHga topshirishni, keyin esa Ukrainaga jo‘natishni so‘ragan. Ta’kidlanishicha, Isroil Rossiyaning javob choralari, jumladan, Eronga ilg‘or qurollar yuborilishi ehtimolidan qo‘rqib, bir necha oy davomida “vaqtni cho‘zib kelgan”.

“Axios” manbalari Isroil o‘z qarori haqida Rossiyani xabardor qilganini da’vo qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ukrainaga yordam ko‘rsatishga oid ko‘plab loyihalarni to‘xtatgandi. Muzlatilgan loyihalar orasida maktablarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, onalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish va bolalarni emlash kabi yordam dasturlari bo‘lgan. Ushbu loyihalar 90 kunga muzlatib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Isroil Patriot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing