Isroil 4 nafar asir evaziga 200 falastinlik mahbusni ozod qiladi
Olam
−
25 yanvar
2112Isroil bugun, 25 yanvar kuni HAMAS harakati bilan imzolangan kelishuv asosida 4 nafar ayol asir evaziga 200 falastinlik mahbusni ozod qiladi. Bu haqda falastinlik mahbuslar ishlari bo‘yicha komissiyaga tayanib, “Ynet” xabar berdi.
E’lon qilingan ro‘yxatga Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 121 nafar va uzoq muddatga qamalgan 79 nafar falastinlikning ismlari kiritilgan.
Oldinroq, komissiya matbuot xizmati Isroil tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatda xatolar borligi haqida ma’lum qilgan va hozirda u o‘zgartirishlar kiritish uchun vositachilar bilan birgalikda ishlanayotganini bildirgan. Hozirgi vaqtda to‘liq ro‘yxat komissiyaning rasmiy sahifasida e’lon qilingan.
Kecha, 24 yanvar kuni Falastinning HAMAS harakati harbiy qanoti vakili G‘azo sektorida asirlikda bo‘lgan va Isroil Mudofaa armiyasida xizmat qilgan 4 nafar ayolni ozod qilishini ma’lum qilgan. Ular Karina Ariyev, Daniela Gilboa, Naama Levi va Liri Albag.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida HAMAS va Isroil o‘rtasida sulh rejimi joriy yilning 19 yanvarda kuchga kirdi. O‘sha kuni kechqurun HAMAS birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Ular uch nafar shaxsdan iborat bo‘lgan. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan.
LiveBarchasi