Isroil “Hizbulloh” qo‘mondonini o‘ldirganini e’lon qildi
Olam
−
08 aprel 2024 8794 2 daqiqa
Isroil harbiylari Livanga tunda uyushtirilgan havo hujumida “Hizbulloh” qo‘mondonini o‘ldirganini e’lon qildi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
"Hizbulloh"ning Radvan kuchlari safidan Ali Ahmad Husayn Livan janubidagi As-Sultoniya hududida Isroil samolyotlari tomonidan yo‘q qilindi", deyiladi SAXAL bayonotida.
SAXAL Ali Ahmad Husaynni so‘nggi oylarda Isroil nishonlariga hujum qilganlikda aybladi. “Al Jazeera” xabariga ko‘ra, hujumda yana kamida uch nafar “Hizbulloh” jangchisi halok bo‘lgan.
Ayni paytda Livandan Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklariga o‘nlab raketalar uchirildi. “Hizbulloh” jangchilari hududdagi armiya bazasi va havo hujumidan mudofaa postlarini nishonga olganini bildirdi.
“Hizbulloh” va Isroil harbiylari G‘azo urushi bilan parallel ravishda Livanning janubiy chegarasi bo‘ylab bir-biriga o‘t ochmoqda va bu kengroq mintaqaviy mojaro qo‘rquvini kuchaytirmoqda.
Isroil hujumlarida so‘nggi olti oy ichida 270 ga yaqin “Hizbulloh” jangchisi, shuningdek, 50 ga yaqin tinch aholi, jumladan, bolalar, tibbiyot xodimlari va jurnalistlar halok bo‘ldi. “Hizbulloh”ning raketa hujumidam o‘nga yaqin isroillik askar va uning yarmicha tinch aholi halok bo‘ldi.
Otishmalar chegaraning har ikki tomonida yuz mingdan ortiq odamni o‘z uyini tashlab ketishga majbur qildi va Livan janubidagi dehqonchilik iqtisodiyotiga ayniqsa qattiq zarba berdi, bombalangan dalalar ekilmagan yoki yig‘ilmagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025