Isroil “Hizbulloh” qo‘mondonini o‘ldirdi

Olam

image

“Hizbulloh” shia guruhining Radvan bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni Vissam at-Tavil joriy yilning 6 yanvar kuni Isroil havo hujumi natijasida avtomashinasida halok bo‘ldi. Bu haqda “Sky News Arabiya” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, at-Tavil va yana bir “Hizbulloh” jangchisi Livan janubidagi Tir va Saida shaharlari chekkasida joylashgan Majdal Selm qishlog‘iga Isroil tomonidan uyushtirilgan zarba oqibatida vafot etgan va buni “Hizbulloh” ham rasman tasdiqlagan.

Isroil matbuoti esa u “Hizbulloh”ning yuqori martabali a’zolaridan biri bo‘lib, Isroilga raketa hujumlarini uyushtirishda ishtirokini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektorida Isroil harbiy amaliyotlari boshlanganidan keyin Livan janubidagi vaziyat yomonlashgan. SAXAL va “Hizbulloh” jangchilari Isroil va Livan chegarasidagi pozitsiyalarini nishonga olishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuni Livanning Bayrut shahri janubida sodir bo‘lgan portlash oqibatida HAMAS Siyosiy byurosi rahbarining o‘rinbosari Solih al-Aruriy halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing