Isroilning Livanga hujumlari oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
19 iyun 1892 2 daqiqa
Isroilning Livan janubiga bergan zarbalari oqibatida kamida 15 kishi, norasmiy manbalarga ko‘ra, 23 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livanning davlat axborot agentligi NNA xabar berdi.
Mahalliy aholi va ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 19 iyun kuni Isroil aviatsiyasi va artilleriyasi Nabatiya viloyatidagi bir nechta aholi punktlarini nishonga olgan. Manba bu hujumlarni so‘nggi haftalardagi eng kuchli bombardimonlardan biri deb baholagan.
Isroil armiyasi esa zarbalar “Hizbulloh” harakatiga tegishli jangchilar va infratuzilma ob’ektlariga qarshi qaratilganini da’vo qilgan. Tel-Aviv bu amaliyotlarni Eron qo‘llovidagi guruh tomonidan sulh shartlari muntazam buzilayotganiga javob sifatida izohlagan.
Hujumlar Isroil bir kun avval Livan janubida kengaytirilgan harbiy nazorat hududini ko‘rsatuvchi xaritani e’lon qilganidan keyin sodir bo‘lgan. Isroil ushbu hududdan tashqarida ham zarbalar berish ehtimolini istisno qilmagan. Bu esa AQSH va Eron o‘rtasidagi muvaqqat tinchlik kelishuvining taqdiri borasida savollarni kuchaytirmoqda.
Kelishuvga ko‘ra, mintaqadagi barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlar to‘xtatilishi, shuningdek Livanning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga hurmat ko‘rsatilishi lozim.
Isroilning yuqori lavozimli rasmiylaridan biri mamlakat hukumati AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan janubiy Livan hududida Isroil qo‘shinlarini saqlab qolish bo‘yicha “murakkab muzokaralar” olib borayotganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Isroil Livan janubidan qo‘shinlarini olib chiqish chaqiriqlarini rad etib kelmoqda. Shu bilan birga, “Hizbulloh” ham Isroil pozitsiyalariga hujumlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Mudofaa kuchlari Janubiy Livandan olib chiqilmasligini ma’lum qilgan edi.

Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust