Isroil harbiylari Rafahning asosiy suv omborini portlatib yubordi

Olam

image

Isroil harbiylarining G‘azo janubidagi Rafah shahridagi markaziy ichimlik suvi omborini bombalashi insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi. Bu haqda Rafah meri Ahmad es-Sufiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.

“Bosqinchi kuchlar tomonidan Tel-Sulton hududidagi asosiy suv omborini bombardimon qilish insoniyatga qarshi jinoyat va jamoaviy jazolash siyosatining davomi hisoblanadi”, deydi amaldor. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv omborining yo‘q qilinishi shahardagi gumanitar inqirozni yanada kuchaytiradi. Mer xalqaro tashkilotlarni vaziyatga aralashib, Isroil tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bas qilishga chaqirdi.

Isroilning “Haaretz” gazetasiga ko‘ra, Isroil tank portlatilganini tan olgan. Armiya matbuot xizmati voqea yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing