Isroil “Hanzala” kemasida hibsga olingan faolga zo‘ravonlik qo‘lladi

Olam

image

Isroil tomonidan tutib olingan G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan “Hanzala” kemasi faoli Kristian Smolls hibsda bo‘lganida zo‘ravonlikka uchradi. Bu haqda Ozodlik flotili koalitsiyasi bayonotida ma’lum qilingan.

Bayonotga ko‘ra, isroillik qo‘riqchilar Smollsni bo‘g‘ib qo‘ygan va uning bo‘ynida va orqasida zarbalardan izlar qolgan. Qayd etilishicha, advokat bilan uchrashuv chog‘ida faol olti nafar isroillik politsiyachi tomonidan o‘rab olingan.

Ma’lumot uchun, “Hanzala” 13 iyul kuni Italiyaning Sirakuza portidan jo‘nab ketgan va texnik muammolarni bartaraf etish va tayyorgarlikni yakunlash uchun 15-20 iyul kunlari Gallipoli portida bo‘lgan.

20 iyul kuni kema Isroil tomonidan o‘rnatilgan blokada tufayli ochlikdan o‘limlar qayd etila boshlagan G‘azoga yo‘l oldi. Kema bortida 10 xil davlatdan 21 nafar faol bo‘lgan.

Isroil TIV xalqaro suvlarda qo‘lga olingan “Hanzala” kemasi bortdagi faollar bilan birga Isroil qirg‘oqlariga olib ketilayotgani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg yana 11 nafar faol bilan birga “Madlin” yaxtasida G‘azo sektori qirg‘oqlariga yaqinlashmoqchi bo‘lgandi. Kema Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan. Isroil TIV G‘azo qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz zonasi “xalqaro qonunlarga muvofiq qonuniy dengiz blokadasiga muvofiq” yopilganini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Hanzala Kristian Smolls

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing