Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Isroil HAMASdan garovdagi 11 kishini talab qildi

Olam

image

Isroil Falastinning HAMAS harakatidan garovda ushlab turilgan 11 kishini ozod qilishni talab qildi. Bu haqda HAMASdagi manbasiga tayanib, “Al Jazeera” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil HAMASdan 11 nafar garovga olingan va 16 nafar halok bo‘lganlarni topshirishni so‘ragan.

Nashrning yozishicha, Isroil hukumati G‘azo sektoridan ozod qilinishi kerak bo‘lganlar orasida Amerika fuqaroligiga ega bo‘lgan isroillik askar Idan Aleksandr ham bo‘lishi kerakligini so‘ragan. 

Xabarga ko‘ra, bunga javoban Isroil umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 110 nafar falastinlik mahbusni, shuningdek, G‘azodagi jangovar harakatlar paytida qo‘lga olingan 1100 kishini ozod qilishga tayyorligini bildirgan

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi north_east

Misr Isroil va HAMASga yangi sulh rejasini taklif qildi

Ma’lumot uchun, Isroil va Falastin HAMAS harakati o‘rtasida sulh 19 yanvar kuni kuchga kirgan edi. Ushbu sulh uch bosqichdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda tomonlar asirlarni va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishi kerak. Birinchi bosqich 1 mart kuni tugagan.  

Keyinchalik, 2 martda AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff tomonlarga yangilangan kelishuv loyihasini taqdim etdi. Isroil darhol AQSH tashabbusini qabul qildi. HAMAS esa bu tashabbusni qat’iyan rad etdi va avvalgi kelishuvlarga rioya qilishni davom ettirishini bildirdi. Ammo shundan so‘ng, Isroil  HAMAS ushbu shartlarga rozilik bildirmasa, harbiy harakatlarni qayta boshlashi bilan tahdid qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 mart kuni Falastin harakati vositachilarga AQSH fuqaroligiga ega garovga olingan shaxsni ozod qilishga va ikki fuqarolikka ega halok bo‘lgan to‘rt nafar asirning jasadini topshirishga tayyorligini ma’lum qilgandi. HAMAS vakilining aytishicha, bu qadam muzokaralarni ilgari surishga qaratilgan “ijobiy ishora”dir.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing