Isroil HAMAS raketalarni bolalar to‘shagi ostiga yashirayotganini iddao qilmoqda

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi uylardan birida bolalar to‘shagi ostiga yashirilgan raketalarni topganini ma’lum qildi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, yahudiy davlati harbiylari G‘azo sektoridagi uylardan birida tintuv o‘tkazish vaqtida to‘shaklar ostiga yashirilgan katta miqdordagi qurol-yarog‘lar, jumladan, raketalar, portlovchi qurilmalar va o‘nlab kilogramm portlovchi moddalarni topgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qurol-yarog‘lar HAMASni qo‘llab quvvatlovchi falastinliklarning keyinroq yetkazib berish uchun mo‘ljallangan zaxirasi bo‘lgan. Qo‘shimcha qilinishicha, qurollar tezkor harakatlar davomida yo‘q qilingan.

“Raketalar 551-brigada bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida falastinlik shaxsning uyidagi bolalar yotoqxonasidan, to‘shak ichidan topilgan. Erkak tashkilotning tahminiy a’zosi bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, armiya matbuot xizmati arab tilidagi suhbatning audioyozuvini ham e’lon qilgan. Isroil harbiylariga ko‘ra, bu HAMASning ikki a’zosi o‘rtasidagi yozib olingan suhbati. 

Matbuot xizmati, shuningdek, o‘zida mazkur audioning tarjimasi borligi va unda HAMAS jangchilari bolalar aravasiga qanday qilib qurol yashirishni maslahatlashgani qayd etilganini iddao qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15 noyabrga o‘tar kechasi Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi “Ash-Shifa” tibbiyot markazi hududida quruqlikdagi operatsiyani boshlagandi. Isroil mudofaa kuchlari shifoxonada HAMASning asosiy qo‘mondonlik shtab-kvartirasi joylashgani, shuningdek, tibbiyot markazi ostida 200 ga yaqin HAMAS tarafdorlari yashiringani va 7 oktyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan garovga olinganlar saqlanayotgan bir necha yerosti majmualari va tunnel borligini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS G'azo sektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing