Ispaniyadagi toshqin oqibatida “Real”ning o‘yini boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin
Sport
−
30 Oktabr
2286Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Valensiya” - “Real Madrid” o‘yini suv toshqinlari oqibatlari tufayli motam sabab qoldirilishi mumkin. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda Valenciya provinsiyasida o‘nlab odamlar tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan. Mahalliy hukumat motam e’lon qildi va shu sababli 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Valenciya” - “Real Madrid” uchrashuvi qoldirilishi kutilmoqda.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi toshqin oqibatlari tufayli Ispaniya kubogi birinchi bosqichining ikkita o‘yinini – “Valenciya” va “Parla Eskuela”, shuningdek, “Levante” va “Pontevedra” o‘rtasidagi o‘yinni boshqa muddatga qoldirdi. Ushbu o‘yinlar bugun, 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘llar va shaharlarni suv bosgani, “Dana” to‘foni Ispaniyaning janubi-sharqida toshqinlarni keltirib chiqargani, Valensiyada 51 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.