Ispaniyadagi suv toshqini qurbonlari 158 kishiga yetdi
Olam
−
01 noyabr
1610Ispaniyada kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari sabab halok bo‘lganlar soni 158 kishiga yetdi. Bu haqda EFE xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qurbonlarning aksariyati – 155 kishi mamlakatning sharqiy qismidagi Valensiya hududida qayd etilgan. Shuningdek, markaziy Kastiliya-La-Mancha va janubiy Andalusiya hududlarida ham o‘lim holatlari kuzatilgan. Albasete provinsiyasida besh kishi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Toshqin yuz bergan hududlardagi yo‘llar suv ostida qolgan, uylar va transport vositalariga zarar yetgan.
Qayd etilishicha, taxminan 300 kishi suv bosgan yo‘llar tufayli qamalib qolgan, ko‘plab aholi punktlari esa ichimlik suvidan uzilgan. Valensiyada taxminan 75 ming kishi elektr energiyasidan mahrum bo‘lgan. Favqulodda xizmatlar suv bosgan binolar va transport vositalaridan jasadlarni qidirishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 oktyabr kuni sharqiy va janubiy Ispaniyaga kuchli yomg‘ir yog‘ib, suv toshqiniga sabab bo‘lgandi. 31 oktyabrga kelib, suv sathi uch metrga yetgan va butun mamlakat bo‘ylab uch kunlik motam e’lon qilingan. Hukumat ushbu voqeani misli ko‘rilmagan fojia deb atagan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyalariga harbiylar va aviatsiya jalb etilgan.
LiveBarchasi