Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi
Olam
−
20 yanvar 3214 1 daqiqa
Ispaniya hukumati Andalusiya avtonom hamjamiyatidagi temir yo‘l halokatidan keyin uch kunlik motam e’lon qiladi. Bu haqda jurnalistlarga qirollik hukumati raisi Pedro Sanches ma’lum qildi.
“Biz bugun yarim tunda (20 yanvar) boshlanib, payshanba kuni yarim tungacha (23 yanvar) davom etadigan uch kunlik rasmiy motam e’lon qilamiz”, deydi Bosh vazir.
Shuningdek, u hodisa sabablari bo‘yicha mutlaq shaffoflikka va’da berdi.
18 yanvar kuni Ispaniyada ikkita tezyurar poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 40 kishi halok bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar soni 150 nafardan oshgan.
Eslatib o‘tamiz, halokat Kordoba viloyatidagi Adamus shahri yaqinida, Madriddan taxminan 360 kilometr janubda sodir bo‘lgan. Madriddan Uelvaga ketayotgan 27 yoshli poyezd mashinisti ham halok bo‘lgan. Ikki poyezdda jami 317 yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyati dam olish kunidan so‘ng Madridga yoki undan qaytayotgan ispanlar edi. Yanvar oyida sayyohlik mavsumi bo‘lmagani sababli, poyezddagilarning necha nafari sayyoh bo‘lgani aniq emas.
Live
Barchasi