Ispaniyada rossiyaliklarga tegishli 34 ta mulk topildi 

Olam

image

Ispaniya notariallari bosh kengashi tomonidan rossiyalik jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkini qidirish bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv davomida to‘rtta yaxta, bitta kemalar uchun turargoh va 29 ta ko‘chmas mulk topildi. Bu haqda Ispaniyaning “El País” gazetasi ma’lum qilgan. 

Rossiyaning yirik tadbirkorlari bilan bog‘liq mulk mamlakatning butun O‘rta yer dengizi sohillari bo‘ylab topilgan, 34 ta ob’ektdan 16 tasi Kataloniyada joylashgan.

Mulk ob’ektlarini qidirish Yagona notarial indeks asosida amalga oshirilgan, bu ma’lumotlar bazasi bo‘lib, 2004 yil yanvar oyidan boshlab mamlakat notariuslari tomonidan amalga oshirilgan barcha operatsiyalar kiritiladi. 

Gazetaning yozishicha, topilgan aktivlarning ehtimoliy egalaridan biri “Rostex” bosh direktori Sergey Chemezovdir. 

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya hukumati Ukrainadagi voqealar fonida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyin rossiyalik tadbirkorlarga tegishli aktivlarni aniqlash va muzlatish ustida ishlay boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing