Ispaniyada bir martalik plastik idishlardan foydalanish taqiqlanadi

Olam

image

2021 yildan boshlab Ispaniyada bir marta ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, 2023 yildan boshlab unga qo‘shimcha soliq joriy etiladi.

"2021 yildan boshlab bir marta ishlatiladigan plastmassa mahsulotlariga cheklovlar joriy etiladi. Plastik materiallarni ishlab chiqaruvchilar chiqindilarni boshqarish bilan shug‘ullanadi. Qonun loyihasida bir martali ishlatiladigan plastik qadoqlash uchun soliq nazarda tutilgan", dedi Bosh vazirning o‘rinbosari va ekologik o‘tish vaziri Tereza Ribera.

Bundan tashqari, soliq, birinchi navbatda, ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridorlarga joriy qilinadi va 2023 yildan boshlab chakana ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlarini plastik idishlarda sotib olgan barcha iste’molchilar uni to‘lashlari kerak bo‘ladi. Hukumat rejalariga ko‘ra, 2026 yilga kelib, plastmassa savdosi 2022 yilga nisbatan 50 foizga, 2030 yilga kelib esa 70 foizga tushishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qonun loyihasi yanada bardoshli elektron mahsulotlar, to‘qimachilik mahsulotlari, mebel, qadoqlash, qurilish materiallari va boshqalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tegishli qonun yil oxirida deputatlar kongressiga taqdim etiladi va kelasi yil boshida qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya

Baholaganlar

31

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing