Ispaniyada -25 daraja sovuq kuzatilmoqda
Olam
−
13 yanvar 2021 4781 1 daqiqa
Ispaniyada Filomena sovuq bo‘roni rekord darajada past haroratni keltirib chiqardi. 12 yanvarga o‘tar kechasi ikkita provinsiyada havo harorati -25 darajadan pastga tushib ketdi. Bu haqda "El Pais" ma’lumot bergan.
Ta’kidlanishicha, Teruel provinsiyasining Belo shahrida (Ispaniyaning shimoliy qismidagi Aragon avtonom jamoati) sinoptiklar -25,4 darajagacha, Molina-de-Aragonda (Ispaniya markazidagi Kastiliya-La-Mancha avtonom jamoatidagi Gvadalaxara provinsiyasi) -25,2 darajagacha sovuqni qayd etishgan.
Mamlakatning 50 ta provinsiyasidan 41 tasida past harorat kuzatilishi haqida ogohlantirish berilgan.
Sovuq ob-havo mamlakatning qishda odatda iliq bo‘ladigan qismlari – Valensiya, Barselona, Sevilya va Mursiyada ham hukmronlik qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta dam olish kunlari markaziy Ispaniyaning ko‘plab joylarida yog‘gan qor so‘nggi 50 yildagi eng kuchli zarba bo‘lgan. Xususan, Madridda qor qoplami 50 sm dan oshgan. Madridda maktab o‘quvchilari 18 yanvarga qadar uyda bo‘lishi aytilgan.
Avvalroq, Ispaniyadagi qor, kuchli shamol va yomg‘irlar bilan birga bo‘lgan bo‘ron oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumot bergandik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr