Ispaniyada 104 yoshli ayol koronavirusni yengdi

Olam

image

Ispaniyada 104 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi. Bu haqda mahalliy OAVga asoslanib xabar berilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ayolga Madrid shifoxonasida ikki hafta davolanganidan so‘ng uyiga ketishga ruxsat berilgan. 

104 yoshli ayol shifoxonaning koronavirusni yenggan 4149-bemoriga aylangan. 

Ayni paytda ushbu shifoxonada COVID-19 tashxisi qo‘yilgan yuzga yaqin bemor davolanmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyada pandemiya boshlanganidan beri 1,75 milliondan ortiq koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. 48 ming 13 nafar bemor vafot etgan. 

Oktyabr oyi oxirida qirollik Hukumati mamlakatda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq yuqori hushyorlik rejimini joriy qilgan va ushbu rejim 2021 yilning may oyigacha uzaytirilgan.

Avvalroq, Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi urush faxriylari shifoxonasida koronavirusga chalingan 101 yoshli ayol kasallikdan tuzalgani haqida xabar bergan edik. 


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS ISPANIYa

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing