Ispaniya JCH finali chiptalari narxini keskin tanqid qildi

Sport

image

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan 2026 yilgi Jahon chempionati finali uchun belgilangan chipta narxlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda Lusan “Marca” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Ispaniya terma jamoasi yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, mundial finaliga yo‘l olgach, hal qiluvchi uchrashuv chiptalari narxi yanada muhokamalar markaziga chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, final uchun eng arzon chipta narxi 4451 yevroni, eng qimmati esa 188 ming yevroni tashkil etmoqda. FIFA nazoratidagi rasmiy qayta sotish platformasida esa ayrim eksklyuziv chiptalarning narxi 2 million yevrogacha yetgan.
Rafael Lusan bu holatni oddiy muxlislarga nisbatan adolatsizlik deb baholadi.

“Final uchun eng arzon chipta taxminan 4000 dollar turadi. Bu xuddi aviachiptalar narxiga o‘xshaydi doim oshib yoki tushib turadi. Bu haqiqatan ham uyatli holat va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ispaniyadan bu yerga kelish uchun katta xarajat qilayotgan, o‘rtacha yoki kam daromadli ko‘plab muxlislar bor. Ular nafaqat chipta, balki aviachipta va mehmonxona uchun ham katta mablag‘ sarflashga majbur. Mehmonxonalar narxi esa 800 yevrodan boshlanadi”, deydi Lusan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniya Angliya hamda Argentina o‘rtasidagi yarim final bahsi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Mundialning hal qiluvchi uchrashuvi joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtatidagi “MetLayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing