Ispaniya YeIdan Isroilga chora ko‘rishni so‘radi

Olam

image

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Yevropa Ittifoqini Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatish va Falastin davlatini tan olish uchun chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 22 yanvar kuni YeI Tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi oldidan matbuotga bayonot berdi.

Vazirning aytishicha, ikki davlat qarori va Falastin davlatini tan olishni haqiqatga aylantirish vaqti kelgan. U Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar bilan ham Falastin davlatini tan olish, ham xalqaro tinchlik konferensiyasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.

“Butun dunyo rozi bo‘lmasligi tayin, bu oson emas, lekin bir narsa aniq: barcha yevropaliklar Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish istagida. Yaqin Sharqning barcha mamlakatlarida tinchlik va xavfsizlik, jumladan, do‘st davlat sifatida Isroil ham Falastin davlati barqarorligiga bog‘liq. Agar biz bu zo‘ravonlikning Yaqin Sharqdagi oxirgisi bo‘lishini xohlasak, Falastin xalqiga umid berishimiz kerak. Biz mintaqadagi barcha davlatlar bilan real va yashovchan Falastin davlati haqida gaplashishimiz va bu orzuni ushalishiga hissa qo‘shishimiz joiz”, deydi Albares.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi davlatlarini “faollashishga” chaqirar ekan, endilikda G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda birlashgan hokimiyatga ega, poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan va Isroil tomonidan tan olingan Falastin davlatini yaratish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatish uchun ikki davlat asosidagi yechim zarurligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ispaniya Isroil G'azo Xose Manuel' Al'bares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made