Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni ikki davlat yechimi bilan hal qilishga chaqirdi

Olam

image

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatish uchun ikki davlat asosidagi yechim zarurligini aytdi. Bu haqda u kecha, 22 yanvar kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi boshlanishidan oldin so‘z ochdi.

Siyosatchi Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mustaqil Falastin davlati tashkil etilishiga qarshi so‘zlariga ham javob qaytardi.

“Xo‘sh, yechim sizningcha nima bo‘lishi kerak? Falastinliklarni G‘azodan haydab chiqarish yoki hammasini o‘ldirishmi?”, degan Yevropa diplomatiyasi rahbari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yechimining muqobil yo‘li yo‘q.

Shuningdek, Borrel G‘azodagi gumanitar vaziyatning kundan-kunga yomonlashayotganiga e’tibor qaratdi. 

“Vaziyat qanchalik yomon ekanini tushuntirib bera olmaysiz. Yuz minglab odamlar bombalar ostida qolmoqda, ular boshpana, oziq-ovqat va dori-darmonlardan mahrum”, deydi u.

Diplomatning ta’kidlashicha, Falastin anklavining tinch aholisi orasida qurbonlar juda ko‘p. 

"Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar borligini tan olmoqda, ammo ular qachon G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish uchun chora ko‘rmaydi?", deydi Borrel.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Borrel Isroilni “HAMASni tashkil qilish va moliyalashtirishda” ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Yaqin Sharq Isroil Jozep Borrel' G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made