Ispaniya YeI istagiga qarshi chiqib, Falastin davlatini tan olmoqchi

Olam

image

Ispaniya Yevropa Ittifoqi istaklariga qarshi bo‘lsa ham Falastin davlatini tan olishi mumkin. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches ma’lum qildi.

“Xalqaro hamjamiyat va Yevropa Ittifoqi Falastin davlatini butunlay tan olishining vaqti keldi”, deydi Pedro Sanches.

Uning aytishicha, YeI davlatlari birgalikda shunday qarorga kelishi kerak. Biroq, agar Yevropa Ittifoqi rad etsa, Ispaniyaning o‘zi bu qarorni qabul qiladi.

Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi ham Falastinni zudlik bilan tan olish kerakligini bildirgan. 

“Falastin davlatining mavjudligi Yaqin Sharqda tinchlikning eng yaxshi kafolati bo‘ladi”, deb ishontirgan TIV rahbari Xose Manuel Albares.

Bundan tashqari, Ispaniya tarkibidagi Kataloniya Isroil bilan munosabatlarni tugatishini e’lon qilgan.  Qayd etilishicha, bu Falastin xalqining asosiy huquqlari BMT rezolyutsiyalariga muvofiq kafolatlanmaguncha, shuningdek, doimiy sulhga erishilgunga qadar davom etishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Pedro Sanches Bosh vazir etib qayta saylanganidan keyin ilk xorijiy safarini 23 noyabr kuni Isroil va Falastinga qilgan. U tashrifini belgiyalik mavqedoshi Aleksandr De Kru bilan birga amalga oshirdi. Siyosatchilar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, shuningdek, Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Sanches Netanyaxuga, agar Falastin davlatini yaratish bilan bog‘liq mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanmasa, Ispaniya qirolligi hukumati Falastinni tan olishi haqida ma’lumot bergan. 

Qayd etish joizki, Ispaniya hozirda Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilmoqda va yanvar oyida uning o‘rnini Belgiya egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Ispaniyada vaziyat ijobiy tomonga rivojlanayotganini aytib, tez orada Bosh vazir Pedro Sanches bilan uchrashishini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Ispaniya Falastin Pedro Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made