Ispaniya va Turkiya uchrashuvida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
Sport
−
20 noyabr 6308 2 daqiqa
Joriy yilning 18 noyabr kuni Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi “E” guruhining so‘nggi turida Ispaniya va Turkiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Sevilyaning “La Kartuxa” stadionida kechgan ushbu uchrashuvda kiyinish xonasida o‘g‘rilik sodir bo‘lgandi. Bu haqda “Turkiye gazetesi” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘g‘irlangan buyumlar qatorida taxminan 200 000 yevrolik soat va har biri 60 000 yevrodan ortiq bo‘lgan ikki uzuk mavjud bo‘lgan. “Marca” nashrining xabariga ko‘ra, yo‘qolgan buyumlar topilgan. Turkiya jamoasi esa rasmiy shikoyat qilgan. Politsiya gumonlanuvchilardan birini hibsga olgan, biroq tergov davom etmoqda, chunki rasmiylar ushbu jinoyatni stadion xodimlari yoki boshqa shaxslar sodir etganini aniqlashga harakat qilmoqda.
Rasmiylar o‘g‘rilikning qanday sodir bo‘lganini va boshqa ehtimoliy gumondorlarni aniqlash uchun tergovni davom ettirmoqda. Politsiya voqeaning barcha jihatlarini aniqlashga harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ispaniya va Turkiya terma jamoalarining ushbu to‘qnashuvi 2:2 hisobida yakunlangan va natijada Ispaniyaliklar guruhda 16 ochko to‘plagan holda, jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turkiya esa 2-o‘rinni egallagan holda, 2026 yilning mart oyida bo‘lib o‘tadigan saralashning 2-bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Inter” va Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastonining uyida Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin vaqtida o‘g‘rilik sodir bo‘lgan edi.
Live
Barchasi