“Inter” himoyachisining uyida o‘g‘irlik sodir bo‘ldi

Sport

image

“Inter” va Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastonining uyida Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yin vaqtida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi. Bu haqda “La gazzetta dello sport” nashri xabar berdi.


Manbaga ko‘ra, o‘g‘rilik joriy yilning 5 noyabr kuni kechqurun, futbolchi Chempionlar ligasi doirasida “Inter” safida “Qayrat”ga (2:1) qarshi o‘yin o‘tkazayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Kamida to‘rt kishidan iborat qora kiyimdagi va yuzlarini sharflar bilan berkitgan o‘g‘rilar Bastonining Bergamo viloyatidagi Kastelli-Kalepo shahrida joylashgan uyiga bostirib kirgan.

Ular signalizatsiya tizimi ishga tushishidan oldin futbolchining yotoqxonasi va shkafini nishonga olib, bir necha qimmatbaho buyumlarni, jumladan, ikkita Rolex soati va bir nechta dizayner sumkalarini o‘g‘irlab ketishga ulgurgan.

O‘g‘irlik atigi bir necha daqiqa davom etgan. Signal chalingach, xavfsizlik xizmati va karabinerlar yetib kelguniga qadar jinoyatchilar voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda Grumello-del-Monte karabinerlari va Bergamo operatsion bo‘limi tergov olib bormoqda. Huquq-tartibot organlari o‘g‘rilarni aniqlash uchun uy va atrofdagi hududlarda o‘rnatilgan videokuzatuv yozuvlarini tahlil qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bastonining rafiqasi Kamilla Breshiani va ularning kichik qizi bilan aynan shu uydan yashaydi. O‘g‘irlik sodir bo‘lgan paytda villada hech kim bo‘lmagan.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” va Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning uyidan beshta qimmatli soati o‘g‘irlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik Alessandro Bastoni Kamilla Breshiani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing