Ispaniya kubogi nimchorak finaliga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 8 yanvar kuni Ispaniya kubogi 2024/2025 yilgi mavsum 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ispaniya futbolining gigantlari “Real Madrid”, “Barselona” va “Atletiko” ham raqiblarini bilib oldi.

Keyingi bosqichga chiqish uchun “Real” o‘z uyida “Selta”ni, “Barselona” esa “Betis”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, 1/8 finalda La Liganing 12 ta, boshqa quyi ligalarning 4 ta jamoasi ishtirok etadi.

Qur’a natijalari:

  • “Pontevedra” (Ispaniya 4-divizioni) – “Xetafe”;
  • “Orense” (Ispaniya 3-divizioni) – “Valensiya”;
  • “Almeriya” (Segunda) - “Leganes”;
  • “Elche” (Segunda) – “Atletiko”;
  • “Real Madrid” - “Selta Vigo”;
  • “Barselona” - “Betis”;
  • “Real Sosedad” - "Rayo Valekano”;
  • “Atletik” - “Osasuna”.

Ma’lumot uchun, ushbu bosqich o‘yinlari yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning aniq sanalari keyinroq e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletiko Ispaniya kubogi Real Madrid qur'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing