Ispaniya qiroli birinchi marta Falastin elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi (video)

Olam

image

Ispaniya qiroli Felip VI 16 sentyabr kuni Falastin davlatining birinchi elchisining ishonch yorliqlarini rasman qabul qildi. Bu haqda “El Pais” xabar berdi.

Madriddagi Qirollik saroyida 2022 yilning may oyidan buyon diplomatik vakil sifatida faoliyat yuritgan Falastin elchisi Husni Abdulvohid Ispaniya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Elchi avvalroq Ispaniyaga Isroil davlatini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlash tuzog‘iga tushmagani uchun minnatdorchilik bildirgan. 

Abdulvohidning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya hukumati sog‘lom aql va donolikni saqlab qolgan va tinchlik yo‘nalishini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may kuni Ispaniya Irlandiya va Norvegiya bilan birga Falastin davlatini rasman tan olib, dunyoning boshqa 140 davlatiga qo‘shilgandi. Bunga javoban Isroil bu davlatlarning elchilarini “ma’rifiy suhbat”ga chaqirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made