Ispaniya Falastin davlatini yaratishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Olam

image

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albaresning fikricha, xalqaro hamjamiyat butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni kafolatlash uchun Falastin davlatini yaratishni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu haqda u bugun, 27 noyabr kuni O‘rtayer dengizi ittifoqi forumida so‘z ochdi. 

“Ispaniya imkon qadar tezroq tomonlar ishtirokida xalqaro tinchlik konferensiyasini chaqirishni taklif qildi. Bugun biz barchani, xalqaro hamjamiyatni Isroil yonida butun dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga hal qiluvchi hissa qo‘shadigan Falastin davlatini yaratish uchun vaqtni behuda sarf qilmaslikka chaqirish uchun ovozimizni birlashtirishimiz kerak”, deydi Tashqi ishlar vaziri.

Albaresning ta’kidlashicha, Isroilning HAMAS hujumiga javobi xalqaro gumanitar huquq doirasida bo‘lishi kerak.

“G‘azoda o‘n minglab begunoh falastinliklarning o‘limini qabul qilib bo‘lmaydi. Biz G‘azo aholisining chidab bo‘lmas azobini yengillashtirish uchun yetarli miqdorda insonparvarlik yordamini talab qilamiz. Yuz minglab odamlarning oziq-ovqat, suv, dori-darmon va yoqilg‘i yetishmasligidan aziyat chekishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, degan vazir. 

Uning bildirishicha, Falastin ma’muriyati tinchlik yo‘lidagi yagona hamkor ekani yana bir bor yaqqol namoyon bo‘lgan.

TIV rahbarining ta’kidlashicha, HAMAS tinchlik uchun ittifoqchi emas. Shuningdek, u Ispaniyaning Falastin xalqiga, Falastin davlatiga sodiqligini va Falastin davlatini tan olishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, odinroq Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Madrid Yevropa Ittifoqi istaklariga qarshi bo‘lsa ham Falastin davlatini tan olishi mumkinligini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Falastin Isroil HAMAS Xose Manuel' Al'bares

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing