Ispaniya chempion murabbiyi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
Sport
−
22 iyul 1567 1 daqiqa
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuenteni 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar o‘z lavozimida saqlab qolish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda u AS nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Lusanning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar yaqin vaqt ichida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
“De la Fuente uzoq yillar davomida biz bilan birga bo‘lishiga ishonaman. Uning avvalgi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni shaxsan o‘zim olib borganman. O‘shanda muhim, zarur va adolatli kelishuvga erishgan edik. Endigi vazifamiz – hamkorligimiz shartlarini yanada yaxshilash va uni uzoq muddatga davom ettirish. Luis bu kelishuvga erishishimizda katta hissa qo‘shdi va men bundan faxrlanaman. 2030 yilda bizni tarixiy voqea kutmoqda va biz Luisning ham uning bir qismi bo‘lishini istaymiz”, deydi Lusan.
Luis de la Fuentening amaldagi shartnomasi 2026 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Uning boshchiligida Ispaniya terma jamoasi Yevropa chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatida ham g‘olib chiqdi.
Live
Barchasi