Ispaniya Bosh vaziri Yamalni Falastin bayrog‘ini ko‘targani uchun olqishladi (video)

Olam

image

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches “Barselona” hujumchisi Lamin Yamalning Falastin bayrog‘ini ko‘tarib chiqqanini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Championat” xabar berdi.

Ispaniya Bosh vaziri bu harakatni nafrat emas, balki falastinliklar bilan hamjihatlik ramzi deb atagan.

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal 11 may kuni Ispaniya chempionligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda Falastin bayrog‘ini ko‘tarib chiqqan edi. Bu holat Isroilda tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats futbolchining harakatini “provokatsiya va nafrat qo‘zg‘atish” deb baholagan. Bunga javoban Pedro Sanches ijtimoiy tarmoqda: “Bu – u bilan yana bir bor faxrlanish uchun sabab”, deb yozgan.

Shu bilan birga, “Barselona” klubi Lamin Yamalning Falastin bayrog‘ini ko‘tarishi uning shaxsiy qarori ekanini bildirib, rasmiy pozitsiyadan uzoqlashgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, klub Isroildagi muxlislar klubiga rasmiy xat ham yuborgan.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi oylarda Ispaniya va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar ancha yomonlashgan. Ispaniya hukumati G‘azo sektoridagi urush sabab Isroilni keskin tanqid qilib kelmoqda.

2024 yilda Ispaniya Irlandiya va Norvegiya bilan birga Falastin davlatini rasman tan olgan yirik Yevropa davlatlaridan biriga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Pedro Sanches Lamin Yamal Falastin bayrog'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing