Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

Olam

image

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi.

Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.

“Ispaniya G‘azo sektorida uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish, HAMAS hujumlarini qoralash, mahbuslarni zudlik bilan ozod qilish va eksklavdagi gumanitar falokatga mos ravishda insonparvarlik yordami yetkazilishi tarafdori. Isroilning nomutanosib javobi dunyo va Yaqin Sharqni beqarorlashtirish, o‘n yillik inson huquqlari mexanizmlarini yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda”, deydi siyosatchi.

Ispaniya Bosh vaziri 11-12 aprelda Polsha, Norvegiya va Irlandiyaga, 16 aprelda esa Sloveniyaga borib, u yerda Falastin davlatini tan olish va Isroil-Falastin mojarosini “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etishda yordam so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Pedro Sanches Isroilning G‘azo sektorida harakatlari xalqaro qonunlarga to‘g‘ri kelishiga shubha bildirganidan so‘ng, Isroil Madriddagi elchisini chaqirib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Falastin Pedro Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing