Ispan superklubi Yuri Tilemansni “nishonga oldi”

Sport

image

“Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemans faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. “Barselona” belgiyalik yarim himoyachining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z jamoasi tarkibini ko‘p funksiyali yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi va bu vazifani Tilemansga ishonib topshirmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” uchun Jorjino Veynaldum va Saul Niges asosiy variant sifatida qaralayotgan edi, ammo gollandiyalik futbolchi PSJni, ispaniyalik yarim himoyachi esa “Chelsi”ni tanladi. Endi Kataloniya klubi asosiy diqqat-e’tiborini Tilemansga qaratdi.

Yuri Tilemansning “Lester” bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti. Yarim himoyachining transfer narxi 55 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz. belgiyalik futbolchi “tulkilar” safida 2019 yildan buyon harakat qiladi. Bunga qadar u “Monako” va “Anderlext”da o‘ynagan. Tilemans o‘tgan mavsumda Angliya Premer ligasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lester Yuri Tilemans

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing