Islomoboddagi Qirg‘iziston elchixonasi oldida namoyish bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Qirg‘izistonning Islomoboddagi elchixonasi yonida ko‘p sonli odamlar Bishkekda pokistonlik talabalarga uyushtirilgan hujumga qarshi norozilik bildirish uchun yig‘ildi. Bu haqda Pokistonning “World Echo News” nashri xabar berdi.

Diplomatik missiya binosiga diplomatlar himoyasini ta’minlash uchun qo‘shimcha politsiya otryadlari yuborilgan. Politsiya elchixona atrofiga tikanli sim o‘rnatgan. Xuddi shunday norozilik namoyishlari Karachida ham bo‘lib o‘tgan.

“Namoyishchilar jabrlangan pokistonlik talabalar uchun javobgarlik va adolat talab qilishdi”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa pokistonliklar aholini Qirg‘izistonning mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari yonida to‘planishga chaqirmoqda. Pokiston Tashqi ishlar vazirligi voizi Mumtaz Zahra Baloch besh nafar pokistonlik yaralanganini, ulardan biri jag‘idan jarohat olganini ma’lum qilgan.

"Biz pokistonlik talabalarning himoyasini ta’minlash uchun Qirg‘iziston rasmiylari bilan aloqa o‘rnatdik. Men Qirg‘izistondagi elchimizga ularga har tomonlama yordam berishni topshirdim”, deb yozadi u X'dagi postida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pokiston TIV Bishkekdagi so‘nggi zo‘ravonlik voqealarini muhokama qilish uchun Islomoboddagi Qirg‘iziston elchixonasining yuqori martabali mulozimini chaqirtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston elchixona namoyish Islomobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing