Islom ulamolari Makkada “Afg‘onistonda tinchlik deklaratsiyasi”ni imzoladi

Olam

image

Saudiya Arabistonining Makka shahrida “Afg‘onistonda tinchlik deklaratsiyasi” imzolandi. Butunjahon musulmonlari Ligasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan konferensiyada hujjatni Pokiston va Afg‘onistonning yetakchi olimlari imzoladi.

Anjumanda Pokistondan Islom ishlari vaziri doktor Nur al-Haq Qadri, Afg‘onistondan Haj va vaqf vaziri Shayx Muhammad Qosim Halimiy hamda ko‘plab diniy ulamolar va islomshunos olimlar qatnashdi.

Deklaratsiyada Afg‘onistondagi urushuvchi tomonlar o‘rtasida yarashuvni qo‘llab-quvvatlash va siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan. Konferensiya ishtirokchilari Afg‘onistondagi urushuvchi guruhlarni muzokaralarga chaqirib, barcha terrorchilik harakatlarini qoraladi.

Saudiya Arabistonining katta olimlari kengashi, mamlakatning Oliy diniy idorasi konserensiya yakunlarini olqishladi. U barcha urushuvchi tomonlarni aql bilan ish ko‘rishga, deklaratsiyaga amal qilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Makka

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing