Islom sivilizatsiyasi markazidagi yong‘in o‘chirildi (video)
3-sahifa
−
19 avgust 5003 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahar Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Hozirda ushbu yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Alanga soat 11:32 da o‘rab olinib, soat 11:34 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida 19 kvadrat metr binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib, zararlangan.
Bildirilishicha, yong‘in tufayli fuqarolar jabr ko‘rmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi tarixiy Minorai Kalon imorati yaqinidagi 2 qavatli oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi