Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
19 avgust 2025 10915 1 daqiqa
Bugun, 19 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:11 da Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida qurilish mahsulotlari yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro shahridagi tarixiy Minorai Kalon imorati yaqinidagi 2 qavatli oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi zararlangan. Tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi