Islom Maxachev Toshkentga keldi (video)
Sport
−
28 fevral
17154Yengil vazn toifasi UFC chempioni Islom Maxachev Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo turnirida hamyurtini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib keldi. Bu haqda u o‘z Instagram'ida ma’lum qildi.
Toshkentda bugun, 28 fevral kuni dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri start oldi. Maxachev ushbu musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya terma jamoasi vakili Karim Ablullayevni qo‘llab-quvvatlash uchun keldi. U ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videoda esa Maxachev Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Umarov bilan ko‘rishgani tasvirlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Maxachev yengil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. So‘nggi bor u 2025 yilning 18 yanvarida oktagonga chiqqan va o‘shanda braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq bo‘g‘ish uslubi orqali mag‘lub etib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 fevral kuni mazkur turnir doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerga “Do‘stlik” ordeni topshirilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar
