Islom Karimovni yig‘latgan maktub

Bu qiziq

2000 yil avgust oyida O‘zbekistonning janubida Qurolli Kuchlar qo‘shinlari va mamlakat hududiga suqilib kirgan O‘IH xalqaro terrorchi tashkiloti jangarilar to‘dasi o‘rtasida to‘qnashuvlar ro‘y berdi.

Jangarilar uzoq istiqboldagi rejalarini amalga oshirishga kirishib, nafaqat O‘zbekiston, balki fuqarolar urushi payti Tojikistonda, shuningdek, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Rossiyada buzg‘unchilik-qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etdi.

Bundan 20 yil avval – 2000 yilning 22 avgust kuni voqea joyiga Oliy Bosh Qo‘mondon - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shaxsan tashrif buyurib, askarlar va ofitserlar bilan uchrashgan edi. 

Mamlakat Birinchi Prezidenti Islom Karimov ularga murojaat qilar ekan, asosiy masala aksilterror operatsiyasini iloji boricha tezroq yakunlash emas, balki shaxsiy tarkibni imkon qadar saqlab qolish – “har bir jangchining hayoti Vatan uchun zarur” ekanligini ta’kidlagandi. Suhbatda, shuningdek, Islom Karimov harbiy xizmatchilarning kayfiyati, ularning moddiy-texnik jihozlari va yashash sharoiti bilan qiziqdi.

“Men agar yoshroq bo‘lsam, shuni ochiq aytaman, sizlarning safingizga kelib o‘tirardim. Men Prezident sifatida emas, otasi sifatida sizlarga gapiryapman. Sizlarning aziz hayotingiz menga kerak, Vatanimizga kerak. O‘zingizni asrang! Bizlar o‘z zaminimizda jangni olib boryapmiz. Ular kelgindilar. Ular gazandalar. Nima qilishimiz kerak? Tor-mor qilishimiz kerak! Shunday qilishimiz kerakki, birortasi qo‘limizdan chiqib ketmasin”, degan edi Karimov. 

Terroristlar qisqa muddatda yo‘q qilindi. Xalqining ko‘ksiga qalqon bo‘lib turgan sarhad posbonlari ularning g‘araz niyatlarini yanchib tashladi. Dushmanni yer bilan yakson qildilar. O‘zbek askarlarining kuch-qudratini nazarga ilmagan bu g‘alamislar chuchvarani xom sanaganlarini ham tushunib ulgirmadi. 

Xalq baxtiga O‘zbekiston askarlari g‘alaba qildi. Lekin, jang yo‘qotishlarsiz bo‘lmadi. Qurolli to‘qnashuvda bir qancha mard o‘g‘lonlar Vatan uchun aziz jonlarini fido etdilar. Bu Islom Karimov uchun ham katta yo‘qotish edi. Qurbonlar orasida Bobur G‘aniyev ham bor edi. Farzand dog‘ida qaddi bukilgan Munavvar opa Islom Karimovga maktub yo‘lladi. Islom Karimov bu maktubni Oliy Majlis sessiyasida o‘qib eshittirdi. 

“O‘g‘limga bergan oq sutimdan mingdan ming roziman. Uning yosh umri zoye ketmadi. O‘g‘lim Vatani va xalqini himoya qilib, jon fido etdi”, degan edi onaxon. Karimov ushbu maktubni kuchli hayojon va ko‘zida yosh bilan o‘qib eshittirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

2822

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing