Islom Karimovga “raqib” bo‘lgan yagona ayol lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
14 fevral 2020
44328O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Dilorom Toshmuhamedova lavozimidan ozod etildi.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325 Farmoniga muvofiq tashkil etildi va uning direktori sifatida Dilorom Toshmuhamedova tayinlandi.
Dilorom Toshmuhamedova 2019 yil o‘tgan saylovlarda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga, so‘ng Senat a’zoligiga saylandi. Joriy yilning yanvar oyida Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 88-moddasiga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatning doimiy asosda ishlovchi a’zolari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Dilorom Toshmuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti Qonunchilik palatasining I va II chaqirig‘i (2008-2015 yillar) Spikeri lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2007 yilda o‘tkazilgan Prezident saylovida "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Islom Karimovga raqib bo‘lgan edi. Toshmuhamedova mamlakatda Prezidentlikka nomzodini qo‘ygan yagona ayol nomzod sanaladi.
LiveBarchasi