Islom Karimov qarorgohini turistik ob’ektga aylantirish taklif qilindi
Jamiyat
−
25 may 2021 9078 1 daqiqa
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Oqsaroy” qarorgohini turistik ob’ektga aylantirish taklif qilindi. Bugun, 25 may kuni Toshkent 5 tashabbus harakati yoshlar festivali doirasida 25 may, seshanba kuni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilardan biri shunday taklif bildirdi.
"Bu taklifni o‘rganib chiqamiz. Birinchi prezidentimizni buyuk siyosiy arbob sifatida, mustaqilligimizni ta’minlab bergan shaxs sifatida barcha hurmat qiladi. O‘ylashimcha, bu juda to‘g‘ri taklif”, dedi Abduhakimov
Bosh vazir o‘rinbosari u yerda qandaydir cheklovlar bor ekanidan xabari yo‘qligini va bu masalani, albatta, o‘rganib chiqishini qo‘shimcha qildi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust