Islom Karimov ishtirokidagi kelin salom. Birinchi Prezidentga oid noyob video e’lon qilindi

Bu qiziq

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi noyob videoni e’lon qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ishtirokida 1993 yilda mamlakatda Navro‘z bayrami qanday nishonlangani tasvirlangan. 

Islom Karimov davrida Navro‘z umumxalq bayramining asosiy tantanalari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tutash “Navro‘z” tantanalar maydonida o‘tkazilishi an’anaga aylangan edi. Biroq, ilk Navro‘z tantanalari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi qarshisidagi maydonda o‘tkazilgan. 

O‘zbekiston endigina mustaqillikka erishgan, hali ocharchilik va tashqi xavflar uzoq ketmagan davrlar Prezident Karimov ishtirokidagi ilk Navro‘z tantanalari o‘ta sodda, kamchiqim va u qadar katta tayyorgarliksiz o‘tkazilgani ko‘rinib turibdi. 

O‘sha yillarda Prezident Karimovning jajji qizaloqni ko‘tarib tushgan surati matbuotda, O‘zbekistonga oid kitob-albomlarda keng tarqalgan. Bu surat ham aynan shu tadbirda tushirilgan. 

Tadbir keyingi yillarda o‘tkazilgan marosimlardan ancha samimiy ruhda o‘tganini ko‘rish mumkin. Unda Prezident Karimov yoshi ulug‘lar bilan uchrashib, ularni bag‘riga bosgan, fikrlarini tinglagan. San’atkorlar ham Prezidentning yaqiniga yo‘lay olgan. Hatto, uning ishtirokida kelin salom marosimi o‘tkazilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov sobiq Sovet ittifoqi respublikalari rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Navro‘zni davlat bayrami, deya e’lon qilgan edi. O‘zSSR Prezidentining 1990 yil 3 maydagi Qarori bilan Navro‘z umumxalq bayrami, 21 mart esa dam olish kuni deya e’lon qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov Navro'z

Baholaganlar

658

Reyting

4.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing