Qaysi tashkilotlar maktab va bog‘chalarda tekshiruv o‘tkazishi mumkin?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori  bilan Maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Nizomga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarida (bog‘cha) va umumta’lim muassasalarida (maktab) quyidagi davlat organlari tekshirishni amalga oshiradi:

  • Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
  • Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
  • sanitariya-epidemologiya nazorati markazlari;
  • bandlikka ko‘maklashish organlari;
  • favqulodda vaziyatlar organlari;
  • atrof muhitni muhofaza qilish organlari.
  • Tekshiruvlar muddati 10 kundan oshmasligi lozim.

Tekshirishdan 10 kun oldin tarkibida bog‘cha va maktab bo‘lgan davlat organlari yozma xabardor qilinadi. Mazkur organlar bir kunda bog‘chalarga va maktablarga tekshirish haqida xabar beradi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror maktab bog'cha tekshiruv

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing