Islom Karimov davlat boshiga qanday kelgandi? Oqsaroyda Karimov haftaligi ochildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 yanvar kuni o‘zbek xalqining suyukli farzandi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga  yil to‘ladi. Bugun, 27 yanvar kuni Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Islom Karimov haftaligi ochildi. Haftalikni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida:  Prezidentlik instituti tashkil etilganining 30 yilligi” mavzusidagi davra suhbati ochib berdi. 

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbari, professor T.Shirinov tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 25-yanvardagi PQ-2744-sonli qaroriga ko‘ra, Birinchi Prezident Islom Karimovning tug‘ilgan kuni keng nishonlanishi, o‘tkazilayotgan davra suhbati ushbu sanaga bag‘ishlangan haftalikning debochasi ekanini ta’kidladi. 

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimovning mustaqillikka erishishdagi ulkan tarixiy xizmatlari, davlatni qurish va uni mahorat bilan boshqarishdagi yuksak salohiyati xususida so‘z bordi. Shuningdek, Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Prezidentlik institutini tashkil etishda olib borgan ishlari, sho‘ro mafkurasi hukmron bo‘lgan bir paytda u kishining shaxsiy jasorati, kuchli irodasi va qat’iyati bilan O‘zbekiston xalqi turli xil “siyosiy o‘yin”lardan saqlab qolingani va buning tarixiy ahamiyati haqida ham atroflicha fikrlar bildirildi. 

Yig‘ilishda Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova so‘z oldi. U o‘z maruzasida Islom Karimovning mamlakat o‘ta og‘ir bir davrni boshidan kechirayotgan paytda davlat rahbari bo‘lganini, ijtimoiy-siyosiy qiyinchiliklarga qaramay davlat iqtisodiyotini oyoqqa turg‘azganini, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan mamlakat darajasiga olib chiqqani haqida so‘z yuritdi. Islom Karimovning O‘zbekistonda Prezidentlik instituti tashkil etishdagi ishlari xususida ham so‘zlab, mazkur institut O‘zbekistonda zamonaviy demokratik davlat qurishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi. 

Tadbir doirasida anjuman ishtirokchilari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing