Islom hamkorlik tashkiloti BMT sudining Falastin bo‘yicha qarorini olqishladi

Olam

image

Islom hamkorlik tashkiloti, Falastin va ularning rasmiylari BMT Xalqaro sudining Isroilning Falastin hududini bosib olishi noqonuniy ekanligi va zudlik bilan tugatilishi kerakligi haqidagi sud xulosasini olqishladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

 “BMT sudining  xulosasi adolat va xalqaro qonuniylikning g‘alabasi, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarining tasdig‘idir”, deyiladi IHT bayonotida.

Falastin Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni "adolatning g‘alabasi va Isroil parlamenti tomonidan qabul qilingan so‘nggi rezolyutsiya bilan Isroilning ishg‘olini qo‘llab-quvvatlovchi va Falastin davlatini yaratishni rad etuvchi Amerika siyosatini rad etish" deb atadi.

 FATH harakati esa BMT sudi qarorini misli ko‘rilmagan deb hisoblaydi. 

"BMT sudi Falastin xalqining da’vo muddatiga bog‘liq bo‘lmagan huquqlarini, eng muhimi, poytaxti Quddusda bo‘lgan mustaqil va suveren davlat qurish huquqini tasdiqladi, bu Isroil va uning ittifoqchilariga zarba", deya ta’kidlaydi harakat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro sud Isroilning turarjoy siyosatini xalqaro qonunlarga zid deb topgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Falastin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing