Isibaning korteji avariyaga uchradi
Olam
−
01 dekabr 2024 9371 1 daqiqa
Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning mashinasi uning kortejini qo‘riqlayotgan politsiya avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Bosh vazir va uning yordamchilari tan jarohati olmagan. Hodisa Tottori shahrida, Bosh vazir Tokioga qaytishi uchun aeroportga yo‘l olganida sodir bo‘lgan. Politsiya avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan. Unga Bosh vazirning avtomobili kelib urilgan. Kortej harakatni davom ettirguncha bir necha daqiqa voqea joyida qolgan.
Tottorida Bosh vazir hukmron Liberal-demokratik partiya faollari va mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Shu jumladan, Isiba o‘z oilasi yashagan uyga tashrif buyurgan. U Tokioda tug‘ilgan bo‘lsa-da, bolalik va yoshlik davrini Tottorida o‘tkazgan. Bundan tashqari, u ota-onasi dafn etilgan joyni ham ziyorat qilgan. Bosh vazir ota-onasining qabrlarini ziyorat qilib, tug‘ilgan joyiga to‘xtagach, Tokioga qaytish uchun Tottori aeroportiga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vazirining qancha boyligi borligi e’lon qilingandi. Mamlakat Vazirlar Mahkamasiga ko‘ra, Isibaning shaxsiy boyligi qariyb 33,8 mln iyena (218,2 ming dollar)ga teng.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr