Ishsizlikdan siqilgan erkak Toshkentdagi ko‘prikdan o‘zini tashladi
3-sahifa
−
30 noyabr 2023
15663Kecha, 29 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan 45 yoshli erkak o‘zini Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi va Kichik xalqa yuli ko‘chalari kesishmasida joylashgan ko‘prikdan tashlab, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Marhumning akasiga ko‘ra, erkak shu yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahriga ishlash maqsadida kelgan. Aka ukasini o‘zi ishlaydigan “T.A” MCHJga qarashli qurilish ob’ekti brigadiri bilan suhbatga olib kirgan, ammo marhum tobi bo‘lmagani sababli ishga kira olmagan.
29 noyabr kuni soat 06:00 lar atrofida aka-ukalar o‘zlari vaqtinchalik istiqomat qilgan manzilda birgalikda nonushta qilgan. O‘shanda marhum o‘z akasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qaytib ketishini, o‘sha yerda biror bir ish topishini aytgan. Shundan so‘ng marhumning akasi ish joyiga chiqib ketgan.
Hayot Shamsutdinovning aytishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, o‘z joniga qasd qilgandi. Boshqa bir holatda esa Toshkent metropolitenining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.
LiveBarchasi