Ishonmagin do‘stingga...
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019 12524 1 daqiqa
Toshkent shahar ichki ishlar organlariga o‘rta maktab o‘quvchisi 17 yoshli F.T. murojaat qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
F.T. o‘z arizasida shu yilning 11 oktyabr kuni taxminan soat 03:00 da Yunusobod tumanida qo‘ng‘iroq qilishni bahona qilib undan narxi 2 million so‘m bo‘lgan "Xiaomi Mi6" rusumli telefonini olib, voqea joyidan yashiringan tanishi 19 yoshli Xusniddin F.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.
Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart