Polsha chegara xizmati delegatsiyasi Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
3816Polsha Chegara xizmati bosh komendaturasi Xorijliklar ishlari bo‘yicha boshqarma direktori Andjey Yakubashek boshchiligidagi Polsha chegara xizmati delegatsiyasi “EURLO” loyihasi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ular Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘ldi.
Mehmonlar Toshkent shahar IIBBda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlari, huquqbuzarliklarni erta oldini olish choralari haqida ma’lumot olishgan. Ular ichki ishlar bo‘limi xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.
“Poytaxt ichki ishlar organlari faoliyatida so‘ngi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining mahsulotlari keng qo‘llanilayotgani bois hodisalar bo‘yicha chora ko‘rish tezligi oshirilishiga va huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olishga erishilayotganiga alohida urg‘u berildi. Polsha Chegara xizmati delagatsiyasi rahbariga bo‘linma faoliyatiga joriy qilingan texnik vositalar, shu jumladan bugungi kunda Toshkent shahar IIBB xizmatlari xodimlari tasarrufida bo‘lgan avtomobillar, maxsus texnika va maxsus vositalar namoyish etildi”, deyiladi IIBB xabarida.
So‘ng Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari v.b. – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Doniyor Ergashev mehmonlarga o‘zi rahbarlik qilayotgan, xalq tilida “turistik politsiya” nomi bilan tanilgan boshqarma faoliyati haqida ma’lumot berib, xodimlarning karantin davrida fuqarolarga ko‘rsatgan yordamlari haqida so‘zlab bergan.
Shu kunning o‘zida mehmonlar “turistik politsiya” hamrohligida Rim-katolik xramida bo‘lishdi.
LiveBarchasi