Ishlamaydigan fuqarolar pensiya olishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

2021 yil pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida yangiliklar kiritish rejalashtirilgan. Bu haqda “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida quyidagi tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021 yil 1 iyundan boshlab:

•    pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr – 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;

•    uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi;

•    ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi;

•    pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi;

•    pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda – Pensiya jamg‘armasi) tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;

•    fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligini tegishli idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlash orqali to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchilar tomonidan har olti oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish yoki joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya

Baholaganlar

728

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing