Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi kamaytiriladi - Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Unda belgilanayotgan ishlar ijrosini sifatli tashkil etishga keng jamoatchilik, tadbirkorlar, xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi. 

Shavkat Mirziyoyev ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirish, shu orqali raqobatbardoshlikni oshirish 2020 yilgi eng ustuvor vazifa bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. 

Tarmoqlar rahbarlari asosiy e’tiborni investitsiyalarning samaradorligiga qaratishi muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev tannarx

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing