Ishxonalarda xodimlarning tana haroratini o‘lchash majburiy etib belgilandi

Jamiyat

image
60 yoshdan oshganlar koronavirus yuqtirmaslik uchun nimalarga amal qilishi lozim? north_east

60 yoshdan oshganlar koronavirus yuqtirmaslik uchun nimalarga amal qilishi lozim?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra ish joylarida bir qator yangi tartiblar amalga joriy etiladi. 

Qaror bilan idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:

•    tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;

•    ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;

•    davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;

•    xodimlarga izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish.

Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 46 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori koronavirus kuchaytirilgan tartib

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing